KARMANADA QURILGAN SAROY VA СHORBOG’LAR TARIXI VA ME’MORCHILIGI

Main Article Content

Imamov Suxrob Solexovich
Jumaqulov Komiljon Hamroqulovich

Abstract

Karmanada, uning qo’rg‘oni ichida bir necha saroy bo’lgan.
Ulardan hindlar saroyi diqqatga sazovor.Hindlar Abdullaxon davrida Buyuk ipak yo’li
orqali Karmanaga dam olishga kelishgan. Bu yer o‘zining havosi, xalkining
mehmondo‘stligi bilan ularga yoqqan bo‘lsa ajab emas. Shu sabab ular amir ruxsati bilan
Karmanada saroy qurganlar. Saroy maydoni 14-15 sotix bo‘lgan. U ichki va tashqi hovli
sifatida qurilgan. Tashqi hovlidagi binolar hind uslubida qurilgan. Bu yerga kelgan
savdogarlar undan mehmonxona sifatida foydalanganlar. Ichkarida saroy egasi oilasi bilan
yashagan. Turg’un bo’lib qolgan hindlar bu yerda Hindistondan olib kelingan narsalar
bilan savdo qilganlar. Bundan tashqari, mahalliy xalqga foiz hisobiga qarz ham berganlar.
Qarz olinganligi haqida maxsus tayyorlangan cho’pga yozib qo’yganlar. Agar qarzdor
pulni o’z vaqtida qaytarmasa, hokimga arz qilib, qarzni undirib olganlar. Hindlar
Karmanada ko’p vaqt yashashgan. Oktabr to’ntarishidan so’ng ular Hindistonga ketib
qolishgan. Shundan so’ng, Karmananing Hindiston bilan aloqasi uzilgan. Hindlar saroyi
1940 yillargacha mavjud bo’lgan. "Oq oltin" jamoa xo’jaligi undan foydalanib kelgan.
Hindlar saroyi XX asrning o’rtalarida buzib yuborilgan.

Article Details

How to Cite
Imamov Suxrob Solexovich, & Jumaqulov Komiljon Hamroqulovich. (2023). KARMANADA QURILGAN SAROY VA СHORBOG’LAR TARIXI VA ME’MORCHILIGI . World Scientific Research Journal, 15(1), 114–123. Retrieved from http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2638
Section
Статьи