BIZ BILADIGAN VA BILMAYDIGAN ZAMBURUG'LAR DUNYOSI

Main Article Content

Axatova Shohsanam
Xoljigitova Diyora
Norxo‘jayeva Dildora
Tojiboyeva Shahnoza

Abstract

Anotatsiya: Zamburug'lar - eukariot organizmlar dunyosi (bo‘limi). Tayyor
organik moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda
oʻsimliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot
kechiradi. Oziqlanish usuliga qarab parazit va saprofitga boʻlinadi. Ularning odamlar
va hayvonlar uchun zararli va foydali yuz mingdan ortiq turi uchraydi. Zamburugʻlar
haqidagi fan mikologiya deb ataladi.Zamburug’lar asosan gifa ko’rinishida o’sadi,
lekin makroskopik vakillari mitselliy ko’rinishida o’sib, ularni oddiy qurollanmagan
ko’z bilan ham bemalol ko’rish mumkin bo’ladi. Lekin ular shunday vakillari ham
borki, ular favqulodda holatda yirk hajmda o’sadilar. Masalan, Armillaria solidipes
zamburug’ining bitta koloniyasi doimiy o’sishi natijasida 900 ga maydonni ishg’ol
qilgani, uning yoshi esa 9 ming yilga teng ekanligi aniqlangan.Zamburug’lar boshqa
olam vakillarining aksariyati bilan simbioz hosil qilishi bilan ham ajralib turadi.
Ularning tabiatda mutualistik yoki antogonistik simbioz shakli ko’proq uchraydi.
Yuksak o’simliklarning deyarli 90 foizi zamburug’lar bilan mikoriza hosil qilishda
ishtirok etadi. Olimlarning ta’kidlashlaricha yuksak o’simliklar va zamburug’larning
mikoriza hosil qilish hodisasi juda qadimiy jarayon bo’lib, ayni vaqtda fanda 400 mln
yil avvalgi ana shunday simbioz ko’rinishining dalillari mavjud.Zamburug’lar ichida
zaharli vakillari mavjud bo’lib, ular ishlab chiqargan zahar mikotoksin deb ataladi.
Ular orasida anchadan beri ma’lum bo’lgan, o’ta zaharli amatoksin ishlab chiqaruvchi
Amanita zamburug’lari mavjud bo’lib, ular odatda boshoqli ekinlarni zararlantiradi,
shunday o’simliklar mahsulotlarni iste’mol qilgan odamlar orasida ergotizm deb
nomlangan o’ta xavfli kasallik yuzaga keladi. Qadimda ergotizm epidemiya
darajasigacha ko’tarilib, butun katta shaharlar aholisini qirib tashlashgacha borgani
ma’lum.

Article Details

How to Cite
Axatova Shohsanam, Xoljigitova Diyora, Norxo‘jayeva Dildora, & Tojiboyeva Shahnoza. (2023). BIZ BILADIGAN VA BILMAYDIGAN ZAMBURUG’LAR DUNYOSI . World Scientific Research Journal, 15(1), 85–91. Retrieved from http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2634
Section
Статьи