BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA KREATIV YONDASHUV VA O`QISH SAVODXOLIGI

Main Article Content

Maxmudova Sadoqat Xolmatovna
Bobomurodova Shaxnoza

Abstract

Bugun biz uchun odatiy tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlardir orzu va tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq yaratilgan. G‘ildirakning kashf etilishidan boshlangan yaratuvchanlik namunalari
bugun koinotda kezib yuribdi. Innovatsiyalar kundalik turmushimizda qulayliklar yaratadi, og‘irimizni yengil, uzog‘imizni yaqin qiladi. Shu tarzda kreativlik taraqqiyotning ajralmas bo‘lagiga aylangan. Barcha sohada ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga talab katta. Dunyoga mashhur dasturiy mahsulotlar, mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mutaxassislaridan har kuni yangi g‘oya so‘raladi.
Mehnat bozorida kreativ fikrlovchi mutaxassislarga talab oshib borayotgan ekan, ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarning noodatiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, rivojlantirish dolzarb vazifadir. Haligacha ta’lim tizimida ko‘plab yondashuv va metodlar ijodiy fikrlash emas, talqin va tahlilga, ya’ni berilgan ma’lumotni tushunib, to‘g‘ri yetkazishga, nari borsa, bir necha axborotni umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga yo‘naltirilgan.

Article Details

How to Cite
Maxmudova Sadoqat Xolmatovna, & Bobomurodova Shaxnoza. (2023). BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA KREATIV YONDASHUV VA O`QISH SAVODXOLIGI . World Scientific Research Journal, 13(1), 13–16. Retrieved from http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2567
Section
Статьи