О‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY OLIY TA’LIM MUASSASALARINING TASHKIL TOPISHI TARIXI VA TAKOMILLASHUVI

Main Article Content

Ramatov J.S.
Jumaniyozova N.S
Erniyozov О‘.K.

Abstract

XX-asrda О‘rta Osiyodagi yirik ijtimoiy hodisalardan biri ta’limning zamonaviy kо‘rinishi bilan bog‘liq bо‘lib, Osiyoda birinchi universitetning tashkil topishidir. Albatta, uning taraqqiyot yо‘li bir tekisda bо‘lmaganligi tarixiy ma’lumotlardan ham ma’lum. Dastlab Turkiston xalq universiteti shu yilning о‘zida davlat universitetiga aylantirildi. Besh yil о‘tib dorilfunun maqomi berilishi bilan yana о‘zgarish rо‘y berdi. G‘oyat ulkan hududdagi aholini malakali kadrlar bilan ta’minlash va bu о‘lkalar turmush tarzini о‘zgartiradigan darajada ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishga yо‘naltirilgan bu maskan 1923 yilning iyul oyidan e’tiboran birinchi О‘rta Osiyo davlat universiteti (О‘ODU) deb nomlana boshladi va bu davrga kelib, ushbu о‘quv yurtida nafaqat Turkiston respublikasi, balki Xorazm xalq respublikasi, Buxoro xalq respublikasi, Qirg‘iz avtonom viloyati fuqarolari ham о‘qiyotgan va ularning soni yildan yilga ortib borayotgan edi. Chunonchi, shu yili yuz nafar qirg‘iz yoshlari talabalikka qabul qilingan. Eron hukumati ellik nafar talabani о‘qitib zamonaviy mutaxassis tayyorlab berilishini sо‘rab murojaat qilgan. Bu hol universitetning faoliyat doirasini yanada kengaytirib, xalqaro maqomga ega bо‘lishiga sabab bо‘lgan.

Article Details

How to Cite
Ramatov J.S., Jumaniyozova N.S, & Erniyozov О‘.K. (2023). О‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY OLIY TA’LIM MUASSASALARINING TASHKIL TOPISHI TARIXI VA TAKOMILLASHUVI . World Scientific Research Journal, 12(2), 51–63. Retrieved from http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2527
Section
Статьи