MARKAZIY QIZILQUMDA YER OSTI SUV MANBALARIDAN SUG‘ORISH MAQSADLARIDA FOYDALANISH

Main Article Content

Tuxtayeva Xabiba Toshevna
Musulmanov F.
Teshayeva S.
Maxmudov M.

Abstract

Annotatsiya: Arid mintaqalarda cho’llanish bo’yicha tabiiy geografik tadqiqotlarni amalga oshirishda mahalliy suv manbalaridan ratsional foydalanishni tashkil etish va sug’orma dehqonchilikni rivojlantirish maqsadidagi tadqiqot ishlariga e’tibor qaratilmoqda. Markaziy Qizilqum tog’larida atmosfera yog’inlarini “shimib oluvchi” tog’ jinslarida keng tarqalgan yoriq-karst suvlari ham cho’l zonasi uchun muhim suv manbasi bo’la oladi. Ular 23 metrdan 750 metrgacha bo’lgan chuqurliklarda joylashgan bo’lib, burg’ular (skvajina) bilan burg’ulansa (chuqurlash) iste’mol qilish uchun yaxshi sifatga ega bo’lgan suvlar otilib chiqadi. Markaziy Qizilqumdagi tektonik yoriq-karst suvlari ham kelajakda cho’llanishga qarshi kurashda muhim suv manbasi bo’la oladi. Qoraxotin, Oyoqog’itma, Beshbuloq, Tubeleksoy, Mingbuloq kabi botiqlarining chekka yon tomonlarida ko’plab qatlamlararo suvlar buloq shaklida chiqib yotadi. Suvining hajmi va harorati bilan bir-biridan farq qiladi. Ayrim buloqlarning suv hajmi 35 l/s dan 100 l/s gacha yetadi. Bu artezian suvlardan
chorvachilikda, yaylovlarni suv bilan ta’minlashda, yem-xashak va poliz ekinlarini yetishtirishda foydalanilish imkoni bor. O’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, qishloq xo’jaligi ekinlarini o’sishida artezian suvlari bilan sug’orish yaxshi natija berdi.

Article Details

How to Cite
Tuxtayeva Xabiba Toshevna, Musulmanov F., Teshayeva S., & Maxmudov M. (2023). MARKAZIY QIZILQUMDA YER OSTI SUV MANBALARIDAN SUG‘ORISH MAQSADLARIDA FOYDALANISH . World Scientific Research Journal, 12(2), 41–47. Retrieved from http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2525
Section
Статьи