MAHALLIY DONLARNI QAYTA ISHLASH VA MAMLAKATDA DON MAHSULOTLARIGA BO’LGAN TALABNI QONDIRISH

Main Article Content

Sirojiddin Sadullayev Xadoyberdi o’g’li
E’zoza Shodiyeva Burxon qizi

Abstract

Annotatsiya: Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida tegirmon-yorma va  omuxta yem sanoati oldida yuqori samarali uskunalarni qo'llash va ilg‘or texnologiyadan foydalanib, korxonalarning texnik darajasini oshirishdek mas’uliyatli vazifa qo'yilgan. Yuqori samarali uskunalar bilan jihozlangan yangi un tortish, yorma va omuxta yem zavodlari qurishning keng ko‘lamli dasturini amalga oshirish, amalda qo‘llanilayotgan korxonalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va murakkab texnika va texnologiyani ishlab chiqarishga tadbiq qilish uchun zamonaviy korxonalarni ishlata biladigan yuqori malakali mutaxassislar kerak. Bunday
mutaxassislarni yetishtirishda davlat ta’lim tizimi salmoqli ahamiyat kasb etadi. Sanoat ishlab chiqarishining ancha mukammallashgan shakli uzluksiz oqim asosida ishlab chiqarishdir. Bunday usul parallel yoki ketma-ket ishlayotgan mashina va apparatlar unumdorligi va ish ritmi bir-biriga mos kelishini talab qiladi. Ishlab chiqarish oqimi bir yo‘lli va ko‘p yo'lli bo‘lishi mumkin. Bir yo‘lli oqimlar ma’lum bir xom ashyo turidan bir turkumli mahsulot ishlab chiqariladigan korxonalarda qo'llaniladi. Bunda
mahsulot ketma-ket ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlaridan o‘tadi. Bunday jarayon bir navli un tortish zavodlari uchun xarakterlidir.

Article Details

How to Cite
Sirojiddin Sadullayev Xadoyberdi o’g’li, & E’zoza Shodiyeva Burxon qizi. (2022). MAHALLIY DONLARNI QAYTA ISHLASH VA MAMLAKATDA DON MAHSULOTLARIGA BO’LGAN TALABNI QONDIRISH . World Scientific Research Journal, 8(1), 166–169. Retrieved from http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2246
Section
Статьи